avatar
Куч
973.42
Рейтинг
+408.04

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Мақолалар

Jundan ishlangan buyumlarning ishlanishi va tarixi

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Jundan tayyorlanadigan buyumlarning ahamiyati


Xalq orasida juda ahamiyatli hisoblanadi. Chunki qadimdan ota-bobolarimiz shu kabi jun mahsulotlaridan bo`lgan kiyimlarni ko`p kiyishgan. Masalan o`sha hayvonlarning junidan bo`lgan cho`girma,paypoq, Jaket, belbog`, gilam, getri, do`ppi va boshqa mahsulotlar juda foydalidir. Ya`ni birinchidan bu jun paypoq va belbog`, jaketlar turli tuz yig`ilib qolish kasalliklari, oyoq og`rig`i, buyrak og`riq kasalliklaridan mustahkam himoya vositasi sanaladi. Yana shuni ta`kidlash jun mahsulotlar sovuqdan ancha saqlanish uchun, issiqlikni ushlab turish uchun ahamiyatli. Ota bobolarimiz jun kiyimlari ancha foydali uchun hozir ham bularning o`rni beqiyos. Hozirda esa ko`hna va navqiron qadimiy shaharlarimizga mehmon bo`lgan turist sayohatchilar uchun ham jun suvenirlarlar juda, qiziqarli va xaridorgir. Chunki chet ellik mehmonlar qo`l mehnatini juda qadrlashadi. Jundan bo`lgan gilamlar ham nafaqat chet ellik sayohatchilar, balki, mahalliy aholi orasida ham qadrlanadi. Mahalliy aholi hunarmand- to`quvchilarga buyurtma asosida ham o`z ehtiyojlari uchun jundan mahsulotlar to`qib berishni iltimos qiladilar.

Xiva ko`chalarining etnogrofiyasi

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Ichan qal`a ko`chalarida yurib shuni guvohi bo`ldikki barcha uy joylar qadimiylik ruhida qurilgan. Ular tashqi ko`rinishidan XVI — XVIII asrlarni eslatib turishi shart bo`lgan. Ichan qal`aga kirgan har bir sayyoh uy-joylarni ko`rishi bilan bu eski usuldagi xiva xonligi uylari ekanligini bilishi kerak. Ichan qal`a eshiklari haqida aytadigan bo`lsak, ular kichkina va past qilib qurilgan. Sababi Xiva xonligida qadimdan shunday urf-odat davom etib kelayotgan ekan. Ya`ni eshikdan kirgan har-bir shaxs egilib salom berishi ko`zlangan ekan. Ichan qal`adagi barcha uylarda shu udum saqlanib qolgan ekan. Eshiklari asosan yog`ochdan qurilgan, Shuningdek eshiklarga qadimiy bo`lgan temirdan taqillatgich o`rnatilgan ekan. Deraza va romlari ham kichkina va qulay uslubda qurilgan. Oynalar ham yog`ochdan qurilgan ular orasiga esa shishadan ko`zgu o`rnatilgan. Ichan qal`a uylarining nomlanishi haqida turlicha nomlar bor. Mahalliy aholi tomonidan xonlik davridagi nomlanishning ba`zilari saqlanib qolgan. Masalan xonalar nomlari turli xonadonlarda turlicha nomlanadi. Ichan qal`a uylarining xonalarining nomlanishi: mehmonxona, yotoqxona, oshxona, bolalarxonasi, qaznoq, shuningdek peshayvonli xovlidan iborat. Xiva xonligida uylar asosan baland peshayvonli qilib qurilgan. Uylari past ayvonlari ikki qavatli baland qilib qurilgan. Bu yozda salqin havo ufirib turishi uchun. Qaznoq-ya`ni omborxona bu qadimdan kelayotgan nom sanaladi. Mehmonxona-mehmon kutish xonasi bo`lib uni jihozlanishi o`ziga xos xususiyatga ega. Qadimdan Xiva xalqi mehmondo`st xalq sanaladi. Shu sababdan mehmon kutishga alohida tayyorgarlik ko`rilgan. Xonada asosan xiva gilami, xon taxta har doim bo`lgan. Xiva ichan qal`a xonalari to`rt-besh xonadan oshmaydi. Chunki xonalarni ulkan qilish uchun hudud yetarli emas. Xiva ichan qal`a hovlilari haqida aytadigan bo`lsak ularda hovli ayrim xonadonlardagina bor. Borlari ham kichkina dehqonchilik qilish uchun yetarli emas. Faqatgina gul ekish mumkin.

Xiva Ichonqala ziyorotgoxlari atrofidagi sotuv buyumlar xaridi

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Savdo rastalaridagi sotuv buyumlaridan bo`lgan ko`zmunchoq, qalampirmunchoq, bilaguzuk hamda boshqa turdagi taqinchoq va munchoqlar o`z xususiyatlariga ega.Shu xususiyatlari orqali odamlarni jalb qialdi. Chet ellik mehmonlar bu buyumlarning xususiyatlarini savdo rastalaridagi sotuvchilar orqali bilib olishadi. Bizlar ham ziyoratgohlar atrofidagi savdo rastalarida faoliyat yurituvchi sotuvchilar orqali, ya`ni gilam to`quvchi Rahimova Muqaddas opa, Matyoqubova Mardona opa, Xo`jayeva Rayxon opa,tarbiyachi Xo`jayeva Mehribon opa, telpakchi Abdullayev Izzat aka,akusher Yusupova Karomat opalar orqali ma`lumotlarga ega bo`ldik. Ziyoratgohlar atrofidagi savdo rastalari buyumlari o`zining alohida o`rniga ega. Insonlar ibtidoiy davrdan boshlab turli xil buyumlarni balo qazolardan saqlaydi deb ishonganlar. Bilamiz bu fanda fetishizm va totemizm nomini olgan. Hozirgi kunda ham bunday e`tiqod saqlanib qolingan. Taqinchoq va munchoqlar o`zbek ayollarining azaldan chiroyiga chiroy qo`shuvchi naqshinkor bezaklar hisoblanadi. Insonlar kayfiyatiga ham ta`sir qiladi, chunki har bir rastadagi savdo buyumi ko`rki bilan ajralib turadi. Rastadagi hayvonlar va qushlar haykalchalari mahalliy xom ashyodan tayyorlanganligi uchun ham ziyoratchilarning qiziqishini orttiradi. Tuya junidan tayyorlangan payoqlar,asosan,chet ellik mehmonlarimizni hayratga soladi, ular estalik tarzida turli xil buyumlarni (paypoq,syunerlar,so`zanalar, yog`och o`ymakorligi bilan ishlangan buyum namunalari, mahalliy hunarmanndlar tomonidan tayyorlangan buyumlar,asosan tikachlar) sotib oladilar. Xivaga kelgan har bir kishi estalik sifatida sotuv buyumlarini harid qiladilar. Bu nafaqat estalik, balki ziyoratchilar uchun qadrli buyumlar hisoblanadi.

Xiva Ichonqala muzeylar etnografiyasi

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Xiva «Ichanqal`a» tarixiy- me`moriy muzey- qo`riqxonasi — Xiva shahridagi muzey — qo`riqxona. Xorazmning qadimgi moddiy va madaniy yodgorliklarini, avloddan — avlodga o`tib kelayotgan o`ziga xos an`analarini saqlash, o`rganish va targ`ib qilish bilan shug`ullanadigan madaniy- marifiy muassasa. 1920- yilda Ko`hna Ark ( Arzxona ) da ko`rgazma — muzey tarzida ochilgan. 1924-yil Toshhovliga ko`chirilgan. 1969- yildan Xorazm tarixiy- inqilobiy muzeyi " Ichanqal`a " muzey- qo`riqxonasi bilan birlashtirilib, hozirgi nomi bilan ataladi. 1990- yilda Ichanqal`a o`zining tarixiy ahamiyatga ega maydonlari ( Dishan qal`a devori xarobalariga qadar bo`lgan hududi ) bilan Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan. Muzey — qo`riqxona 26 ga maydonni egallagan bo`lib, uning tarkibida 54 ta tarixiy obidalar bor, 3253,2 kv.m maydonni Xorazmning qadimdan hozirgi davrigacha bo`lgan boy tarixi, moddiy va ma`naviy madaniyatini o`zida aks ettirgan 13 ta doimiy muzey- ekspozitsiyalar tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida Shayx Mavlon bobo, Ko`hna Ark, Said Maxro`yjon majmuasi, Shayx Qalandarbobo, Qibla Tozabog` majmualari, Bibi Hojar maqbarasi, Muhammad Rahimxon, Musa To`ra madrasalari, " Ichanqal`a " ko`chalarida ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Muzey — qo`riqxona hududida sayyohlar uchun internet markazlari tashkil etilgan .

17 dekabr - Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludi kuni

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

BAXT BALQIYDI BU BOG‘DA...O‘zbek mumtoz adabiyoti ravnag‘iga katta xissa qo‘shgan buyuk shoir Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy nomidagi bog‘da baxt-u iqbol nashidasi balqib turibdi. Har yili shoir tavallud topgan kuni munosabati bilan bu bog‘ga adabiyot, san’at ixlosmaidlari tashrif buyurishadi…



 

Shoirning uy muzeyi oldida, Ogahiy bog‘ida soz-suhbat, mushoira davrasi o‘tkazish odat tusiga kirgan. Respublikamizning taniqli olimlari, ijodkorlari, san’atkorlari buyuk eldoshimizni xotirlab, uning mangu makon topgan joyi Shayx Mavlonbobo kabristonidagi shoirning o‘zi va tog‘asi Munis Xorazmiyning kabrini ziyorat qilishadi. Uy muzeyi oldidagi xaykali poyiga gulchambarlar qo‘yishadi. Shoir g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlar bog‘ uzra taralib, Ogahiy ruxini shod qiladi, barchaning qalbida ezgulik, yaxshilik, go‘zallik tuyg‘ularini uyg‘otadi.


Bu yil xam Ogahiy tavalludi kuniga yaxshi tayyorgarlik ko‘rildi.Kishlog‘imizning barcha xududi ozoda, orasta, ko‘rkam, Har xonadonda, xar uyda pokizalik, dillarda o‘zgacha surur va g‘urur. Bu yil Ogahiy jamg‘armasi bilan birgalikda qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Shoirning uy-muzeyi yangi asori-atiqalar bilan boyitildi. Ogahiy jamg‘armasi hisobidan Komil Avazning manzumasi, shuningdek, yosh shoirlarning kitoblari chop etildi. Qishloqdagi o‘quv maskanlari, shuningdek, Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji, 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolari Ogahiy ijodi bilan bog‘liq nazmiy va badiiy guldastani eldoshlariga tuhfa qilishadi. Ogahiy bobomizga bo‘lgan ehtirom bizni hamisha Vatanimiz ravnag‘i yo‘lida yanada fidoyi bo‘lishga, so‘z qadrini chuqur his qilib, hayotda doimo yaxshilik manzillari tomon etaklaydi. Muqaddas maskanga marhabo, azizlar!

Juma masjid va Kaltaminor etnografiyasi.

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

An`anaga ko`ra, shaharning ma`naviy markazi uning katta, yoki juma masjidi sanalar edi. Masjidni rejalashtirish zamirida X-XII asrlarda yaratilgan konstruktsiyalar yotgan, deb hisoblashadi. Juma masjidi X asrda hasher yo`li bilan qurilgan degan taxminlar ham bor. Bu masjid ham XVIII asrinng oxirida qayta qurilgan, lekin u Sharqning klassik inshootlarining qator xususiyatlarini o`zida saqlab qolgan. Bu o`ziga xos bir qavatli binoning old kirish portallari, gumbazlari va dumaloq arkalari yo`q, u eramizning X- 



XVII asrlarida yaratilgan 213 dona yog`och naqshinkor ustunlarga tayanadigan yassi tomli ulkan zaldir. Ularning o`lchamlari, shakllari va bezaklari turlicha bo`lib, aynan ular masjidning yuksak badiiy qiymatini namoyon etadi. Olimlarning fikricha, ushbu xususiyatlaring barchasi bu masjidni Arabistondagi qadimiy masjidlarga yaqinlashtiradi.


Ichonqala ziyorotgoxlarining etnografiyasi.

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Pahlavon Mahmud majmuasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Polvon ota maqbarasi — Xivadagi me`moriy yodgorlik (1810-1913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50x30 m bo`lib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga 1664 y.da mo`jaz sinchkori imorat qurilgan. Darvozaxona eshigidagi yozuvga ko`ra, P. M. m.ning qurilish sanasi 1701 y.da Shohniyozxon qurdirgan vaqtdan hisoblanadi. 1825-35 y.larda uning o`rnida g`ishtin toqu ravoqli serhasham maqbara (17,5x25,5 m), ziyoratxona (9X9 m) va xonaqoh (4x4 m) qad ko`targan. Keyinroq Xiva xonlari (Abulg`ozixon, 1643-63; Shohniyozxon, 1695-1702; Muhammad Rahimxon I, 1807-26; Temurg`ozixon, 1857-58 va b.) ham shu yerga dafn etilgan. 1913 y.da usta Qurbonniyoz boshchiligida hovlining g`arb tomoniga ikki oshyonli qorixona, qarshisiga o`ymakori ustunli ayvon qurilgan. Majmuaga jan. tomondagi darvozaxona orqali kiriladi, ichkari sahniga g`isht terilgan. Chetida quduq, kichik hovli qarshisida pesh-tokli honakohmaqbara, o`ngda ayvon, so`lda supa va qorixona joylashgan. Xonakoh peshtog` idagi g`ishtlar orasida sirkor bandlar bog`langan, ikki chekkasidagi guldasta morpech shaklida. Gumbazning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izorasidan tortib gumbazli qub-basigacha oq va moviy naqshli. Bezaklar orasidagi kitobaga Paxlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xonaqohning g`arbiy eshigi orqali ziyoratxonaga o`tiladi.

Ichonqala obyektlarini tomosha qilish uchun ketadigan o`rtacha vaqt miqdori xaqida.

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Buyuk ipak yo`lining markaziy shaxarlaridan biri bo`lmish Xivani tomosha qilish uchun Xorazmga tashrif buyursangiz albatta «Ichon qal`a»ni kesib o`tishingizga to`g`ri keladi. Bu ko`xna shaxarning sharqona ruxini xis qilish uchun uning bozorlarini, milliy xunarmandchilik saboqlari o`tkaziladigan maxsus maktablari-yu, chalkash tor ko`chalarini aylanib ko`rishingiz mumkin. 1984-1993 yillarda O`zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan o`tkazilgan ilmiy tadqiqotlar davrida shaharning yoshi aniqlangan. Arxeologik qazishmalar natijasiga ko`ra, «Ichan qal`a» hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo`lgan. Bundan kelib chiqadiki shaxarning paydo bo`lgandan 2500 yildan ortiq vaqt o`tgan. XIX asrga kelib shahar kengaydi, u ikki qismdan, ya`ni Ichan qal`a yani shahriston (ichki shahar) va Deshon qal`a rabot (tashqi shahar) qurildi. Shahar tevaragida esa o`nlab qishloqlar joylashgan edi. Xiva shaxarning markaziy qismida joylashgan tarixiy yodgorliklardan tashqari boshqa qiziqarli tomoshabop joylarni taklif qilishi mumkin. «Ichon kala» devorlaridan tashqarida an`anaviy turistik yo`nalishlarga noma`lum joylar mavjud. Shaxar savdo karvonlari uchun katta axamiyatga ega shaxar bo`lgan. Metropol vazifasini o`tash bilan bir qatorda Xiva shaxri diniy, madaniy va ilmiy markaz vazifasini o`tagan. Xozirgi kunga qadar yaxshi saqlanib qolgan ichki qal`a devorlari orasidagi «Ichan qala» eski shaxar majmuasi ko`p sonli masjid, madrasa, minoralari va to`rtta darvozasi bilan Yuneskoning butun jaxon merosi ro`yxatiga kiritilgan.

Ichonqalaning xaridorgir rastalari xaqida.

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Savdo rastasi bu- sotuv buyumlari sotiladigan joy nomi. Ichan qal`ada hunarmandchilik, to`quvchilik, misgarlik, kulolchilik, shishasozlik, yog`ochsozlik, so`zana to`qish ,teri ko`nchilik, tunukasozlik va boshqa turdagi mahsulotlar savdo rastalaridan joy egallagan. Bu mahsulotlar Ichan qal`aga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlarni, yurtimizning barcha viloyatlaridan kelayotgan ziyoratchilarni o`ziga jalb qilib kelmoqda.



Savdo rastalarida sotilayotgan bu suvenir buyumlar o`zining ishlanish uslubining murakkabligi va milliy uslubga xosligi bilan hammani o`ziga jalb qiladi. Savdo rastalaridagi sotuv buyumlaridan bo`lgan ko`zmunchoq, qalampirmunchoq, bilaguzuk hamda boshqa turdagi taqinchoq va munchoqlar o`z xususiyatlariga ega. Shu xususiyatlari orqali odamlarni jalb qialdi. Chet ellik mehmonlar bu buyumlarning xususiyatlarini savdo rastalaridagi sotuvchilar orqali bilib olishadi. O`yinchoq va qo`g`irchoqlarga tariximizdagi ibratli qahramonlar, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlar, milliy qadriyatlarimizni asos qilib olish barkamol avlod tarbiyasida alohida ahamiyatga ega. Qo`g`irchoqlarni tayyorlashda asosan bizga qog`oz, suv,klay va turli xil materiallar kerak bo`ladi.Qo`g`irchoqlarni bosh qismini o`z qolibi mavjud. Qo`g`irchoqlarni yasash uchun bizga 5-6 kun kerak bo`ladi.Xiva qo`g`irchoqlari o`zining jazibodorliklari bilan ajralib turadi.Ichon qalada ko`plab qo`g`urchoq do`konlari mavjud. Qo`g`irchoq ustasi Matyoqubov Matyoqub aka 23- yildan buyon qo`g`irchoq yasash bilan shug`ullanadi

Ichonqalaga yozgi sayohat tavsilotlari.

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Xiva — O`zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Arxeoligik ma`umotlarga ko`ra shahar miloddan avvalgi V asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvoq) nomi bilan bog`liq.



Ba`zi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin bo`lgan qadimgi osetin tilidagi «Xiauv»- qal`a so`zidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva xududidan oqib o`tgan Xeyqaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining o`zgartirilgan (Xeyqaniq-Xeyvaniq- Xeyvaq- Xeva -Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchi- solnomachi Xudoyberdi Qo`shmuhammad o`zining 1831 yilda yozgan «Dili G`aroyib » asarida Xorazmning qadimiy shaharlarini nomma- nom sanar ekan, «Bu mamlakatning yana bir qal`asi — Qal`ai Ramldir. Bu qal`aga Som ibn Nuh asos solgan bo`lib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir.» Deydi.Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib taqaladi. Bunda Nuhning o`g`li Som bo`lajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichon qal`asida qadimgi Xeyvaq (Xivaq) qudug`i saqlanib qolgan. XVII asrda yashab o`tgan Mahmud ibn Valiy bu shahar to`g`risida shunday yozadi: Xiva keng va bahavo shahar. U shayx Najmiddin Kubroning vatanidir". Xiva o`zining tarixiy o`tmishi, me`moriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qadimiy shaharlar orasida alohida o`rin tutadi. Er kurrasida mashhur bo`lgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh bo`lgan bu shaharning Ichan qal`a qismi (1990) Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan 100 — shahar bo`lib, dunyoga Al-Xorazmiy,Najmiddin Kubro, Shihabiddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis, Ogohiy kabi buyuk zotlarni etkazib bergan azim zamin hisoblanadi.Xivani arxeologik jihatdan o`rganish XX asr o`rtalarigacha olib borilgan. Shahar Xorazmshohlar davrida (XII-XIII) ravnaq topib xududi kengaydi. XVI asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Me`moriy qiyofasi ham o`zgara bordi. Shahardan o`zaro ko`ndalang kesishgan 2 ta katta ko`cha va 4 darvoza (Otadarvoza, Polvondarvoza, Bog`chadarvoza va Toshdarvoza) orqali Dishon qal`aga chiqiladi. Ichan qal`a devorining uzunligi 2200m, balandligi 6-8 metr tag zaminining qalinligi 5-6 m ..Qal`a to`g`ri to`rtburchak shaklida qurilgan bo`lib, uzunligi 650m., eni 400m, jami 26 ga maydonga ega. Xivaning rabod qismi Dishon qal`a 1842 yil Olloqulixon davrida (1825-1842) baland devor bilan o`rab olingan. Me`moriy ansamblining yaxlitligi jihatidan Xiva O`rta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda O`rta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qal`a (shahriston) qismi tarixiy- me`moriy yodgorliklari qo`riqxonasi deb e`lon qilindi.

AFSONAGA AYLANGAN QAL’A

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Yurtimiz ko‘hna obidalari, qadimiy qal’alari hamda boy ilmiy merosi bilan dunyoga mashhur. Jumladan, Xorazm vohasidagi ko‘plab nomoddiy-madaniy ob’ektlar jahon ahlini hayratga solib kelmoqda.


 Tarixning shahodat berishicha, Xorazm azaldan ming qal’a vatani, Kanxa — buyuk kanallar, ariqlar o‘lkasi, deb atalgan. Manbalarda Amudaryoning har ikki sohilida 12 ming qal’a-qo‘rg‘onlar bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Shulardan yuzga yaqini hozirgacha saqlanib kelinadi.


Bugungi kunda Xiva, Qal’ajiq va Hazorasp kabi 18 ta tarixiy qal’a davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, ularga sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan ijobiy ishlar amalga oshirilayapti.


 


Mazkur inshootlarning eng qadimiysi Hazorasp qal’asidir. U 3 ming yillik tarixga ega. O‘rta asr manbalarida ushbu qala-shahar haqida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, At-Tabariyning yozishiga qaraganda, Hazorasp VIII asrda Xorazmning uchta yirik shahridan biri bo‘lgan. Shuningdek, X-XIII asrlarda bitilgan manbalarda keltirilishicha, qal’a devori juda mustahkam, atrofi xandak bilan o‘ralgan, zabt etish qiyin bo‘lgan shaharlardan biri sifatida ta’riflanadi.


Hazorasp qal’asi Yer yuzining mumtoz shaharlari Memfis, Bobil, Rim, Afina, Quddus, Marv, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiydir.


O‘tmishda Hazorasp Buyuk Ipak yo‘lidagi gavjum savdo shahri, ulug‘ allomalar al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubroning qadami tekkan, Javhariy, Sakkokiy, Ja’far Hazoraspiy, Husayn Karvakiy, Odina Muhammad kabi allomalar yetishib chiqqan tabarruk maskandir.


Mazkur inshoot haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ham keltirilgan. Qolaversa, 1219 yili Hazoraspda bo‘lgan arab sayyohi Ibrohim ibn Yoqut quyidagilarni yozib qoldirgan: “Bu olib bo‘lmaydigan qal’a va juda chiroyli shahar. Uning atrofini orolcha kabi suv o‘rab turadi. Qal’aga kirish uchun birgina yo‘lak bor va u ham Xorazm tarafidan qilingan. U tekis yerda joylashgan, bozorlari va savdogarlari ko‘p. Aholisi boy-badavlat”.


Hazorasp qal’asining devorlari 7 marta buzilib, qaytadan qurilgan. Unga turli talafotlar, vaqt, zamon va tabiat o‘z hukmini o‘tkazgan. Yodgorlik sharqiy tomondan keng xandaq bilan o‘rab olingan. Devorning qalinligi 7-8 metrni tashkil etib, balandligi 6-14 metrga yetadi. Hozir shaharning Shimoliy devorida 7 ta, Janubida 6 ta, G‘arbida 4 ta va Sharqida bitta himoya minoralari ko‘rinib turadi. Qadimda janubiy devorning o‘rtasida balandligi 16 va eni 8 metrdan iborat g‘ishtin darvoza bo‘lgan.


Ushbu imoratni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan rus etnografi A. Kun (1873 yil) saroy xonalarining ganch bilan ishlangani, shaharda maktab va madrasalar, 400 ga yaqin katta-kichik do‘kon-rastalar borligi, juma hamda yakshanba kunlari bozor gavjum bo‘lishi haqida yozgan.


Manbashunos olimlar Hazorasp atamasi manosini turlicha tariflaydilar. Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarda Hazorasp – “Ming ot” yoki “Ming otliqlar diyori” sifatida talqin etiladi. Ba’zi tadqiqotchilar shahar nomini xazar va os qabilalari nomi bilan izohlashga harakat qilganlar. Bularning barchasi Hazorasp qalasining qadimiyligi hamda ko‘hna Xorazm madaniyati tarixida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lganligidan dalolatdir.


Bugungi kunda Hazoraspda Xorazm Mamun akademiyasining ilmiy xodimlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Istiqbolda Hazorasp qalasini yanada mukammal o‘rganish, kelajak avlod vakillariga yanada qiziqarli malumotlarni yetkazish muhim vazifalarimizdan biridir.


Albatta, yurtimizning barcha hududida bo‘lgani kabi Hazorasp qalasini tarixiy muzey-qo‘riqxonaga aylantirish va unga xorijlik mehmonlarni jalb qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayapti. Binobarin, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va targ‘ib etish barkamol avlodni tarbiyalashda, yoshlarimizda yuksak milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda muhim vositadir.

ЕВРОПАДА ОИЛА МУҚАДДАСЛИГИГА ВА УНИНГ МАЪНАВИЙ НЕГИЗЛАРИГА НЕГА ДАРЗ КЕТМОҚДА…?

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Жамшид Давлетов-УрДУ “Миллий ғоя, маънавият асослари ва хуқуқ таълими” кафедраси ўқитувчиси


 


Инсон туғилибдики, унинг табиат, жамият ва давлат олдидаги энг муқаддас бурчларидан бири наслининг давомийлигини ва оила муқаддаслигини таъминлашдир. Аммо, учинчи минг йилликка келиб оила муқаддаслигига турлича ёндашувлар вужудга келмоқда-ки, бу ҳолат оила институтининг умуминсоний қадрият сифатидаги моқомини анча  тушириб қўймоқда.


СОҒЛОМ АВЛОДНИ ТАРБИЯЛАШДА ОИЛАНИНГ ЎРНИ

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Хаджиев Умрбек Шоназарович-УрДУ, “Ўзбекитсонда демократик жамият қуриш назарияси ва фалсафа” кафедраси ўқитувчиси


     


Бугунги кунда Республикамизда қобилиятли, истеъдодли, ўз-ўзини тўлиқ англаган, ватанпарварлик, фидойилик ҳис-туйғулари шаклланган ёшларни  тарбиялашга бўлган эҳтиёж халқ таълими тизими олдида янги вазифаларни ҳал қилиш масаласини қўймоқда. Муҳтарам Президентимиз И. Каримов  айтганидек: ,, Келажакда Ўзбекистон юксак даражада тараққий этган иқтисоди билангина эмас, балки билимдон, маънавий жиҳатдан етук фарзандлари билан жаҳонни қойил қилиши лозим. Бу борада Ватанга муҳаббат, садоқат алоҳида ўринда туради".[1]


Урганч давлат университетида 2015 йил 16 январда “14 январь - “Ватан ҳимоячилари куни”” байрами муносабати билан амалга оширилган ишлар

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

2015 йил 16 январь куни Урганч давлат университетининг барча академик гуруҳларида ўтказилган “Ахборот соатларида ” талабаларда ҳарбий хизматчи касбига ҳурмат ва эътиборни ошириш мақсадида “Ҳарбий хизматчи – шарафли касб” мавзуида давра сухбатлари ташкил этилди.


Урганч давлат университетида 2015 йил 15 январда “14 январь - “Ватан ҳимоячилари куни”” байрами муносабати билан амалга оширилган ишлар

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

2015 йил 15 январь куни муддатли ҳарбий хизматни ўтаган талабалар ўртасида “Буни ҳамма билиши ва уддалаши керак” мавзусида эпчиллар беллашуви ўтказилди. Урганч Давлат университети Иқтисодиёт факультети спорт залида ўтказилган танловда муддатли ҳарбий хизматни ўтаб ўқишга қабул қилинган талаба-ёшлар тафаккур, эпчиллик, ижодий йўналишларда ўз имкониятларини намоён қилдилар.


Урганч давлат университетида 2015 йил 14 январда “14 январь - “Ватан ҳимоячилари куни”” байрами муносабати билан амалга оширилган ишлар

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

2015 йил 14 январь куниХарбий юридик йўналишидаги Урганч академик лицейида “Мамлакат мустақиллигини мустаҳкамлашда қуролли кучларнинг ўрни” мавзусида маърифий тадбир ўтказилди. Тадбир жараёнида университетнинг Тарих факультети профессор-ўқитувчилари ва талабаларининг  Харбий юридик йўналишидаги Урганч академик лицейига ташрифи уюштирилди.


14 январь - Ватан ҳимоячилари куни

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Университетда тасвирий санъат йўналишида таълим олаётган талабалар томонидан Хоразм вилоятидаги ҳарбий қисмларда “14-январь Ватан ҳимoячилари” куни ва Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларининг 23 йиллиги муносабати билан намунали хизмат қилаётган ҳарбийлар ва уларнинг оила аъзоларини расмларини чизиш тадбирлари ўтказилди.


 


     


БАРКАМОЛ АВЛОДНИ ТАРБИЯЛАШДА ОЛИЙ ТАЪЛИМНИНГ ЎРНИ

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Абдуллаев Азод Бегназарович -УрДУ ўқитувчиси т.ф.н. доцент. Атаева Дилфуза Пулатовна -УрДУ ўқитувчиси.


 


Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримов таъкидлаганидек, “Таълим жараёнини ислоҳ этиш ва меҳнат бозорида талаб қилинадиган юқори малакали қадрлар таёрлашда олий ўқув юртлари муҳим ўрин эгалламоқда[1]”. 


БАРКАМОЛ ВА СОҒЛОМ АВЛОД ТАРБИЯСИДА ОИЛА ИНСТИТУТИНИНГ ЎРНИ

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Баҳодирова Феруза-(УрДУ Хотин-қизлар қўмитаси раиси).


 


Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигини қўлга киритгандан сўнг, ёшлар сиёсати давлат сиёсатининг устивор йўналишларидан бирига айланиб, баркамол ва соғлом авлодни вояга етказишга устувор аҳамият берила бошлади. Бу борада таълим-тарбия, маънавият масалалари жуда долзарб аҳамият касб этаётганини ҳаётий мисоллар кўрсатмоқда. Зеро, Президентимиз И.Каримов ўзининг “Юксак маънавият – енгилмас куч” китобида маънавиятнинг инсон камолотидаги ўрни, жамият ривожидаги бемисл аҳамиятини жуда чуқур мушоҳада ва ҳаётий тажрибадан келиб чиқиб таҳлил қилиб берди. Муаллиф маънавиятга инсонни руҳан покланиш ва қалбан улғайишга чорлайдиган, одамнинг ички дунёси, иродасини бақувват, иймон-эътиқодини бутун қиладиган, унинг виждонини уйғотувчи беқиёс куч” деб таъриф берар экан, маънавий тарбия масаласини ҳаёт-мамот масаласи деб билади.[1]